Xalq banki birinchilardan bo‘lib Humo va UzCard bankomatlarini integratsiyalashni amalga oshirdi. Xalq bankining integratsiyalashgan Humo va UzCard bankomatlari test rejimida ishlashni boshladi. Endilikda Xalq bankiga qarashli bankomatlardan Humo va UzCard bank kartasidagi pullarni naqdlashtirish va boshqa xizmatlardan foydalanish mumkin.
Ma’lumot uchun, Xalq banki bankomatlari soni Respublikamizdagi jami bankomatlarning 35 foizini tashkil etadi.
M.Qosimova, O‘zA