Xitoyning Changsha shahrida Butunjahon turistik shaharlar federatsiyasi (WTCF)ning navbatdagi sammiti o‘z ishini boshladi. Unda dunyoning 83 davlatidan 159 sayyohlik shahri vakillari ishtirok etmoqda.

Jumladan, Samarqand viloyati hokimi o‘rinbosari – turizm va madaniy meros bosh boshqarmasi boshlig‘i Rustam Qobilov Samarqand shahri vakili sifatida sammitda qatnashmoqda.

Boshqarma axborot xizmatining ma’lum qilishicha, R.Qobilov Samarqandning turizm salohiyati, bu yerda sayyohlar uchun yaratilgan imkoniyat va qulayliklar haqida taqdimot qildi.

WTCF 2012 yilda dunyoning mashhur turistik shaharlari va tashkilotlari tomonidan tashkil etilgan bo‘lib, shaharlarga asoslangan birinchi xalqaro turizm tashkiloti hisoblanadi. Samarqand ilk bor 2018 yilda WTCF sammitda mehmon sifatida ishtirok etdi va shundan so‘ng tashkilot a’zoligiga qabul qilingan.

G‘.HASANOV, O‘zA