FOTOREPORTAJ
Nukus shahridagi Qoraqalpog‘iston Respublikasi tarixi va madaniyati davlat muzeyida tajribali rassom Abdulla Rajabov tavalludining 70 yilligi munosabati bilan ijodkorning “Zamon nafasi” nomli badiiy ko‘rgazmasi tashkil etildi.
Ko‘rgazmada rassomning tasviriy san’atning turli janrlarida yaratgan jami 30 dan ortiq eng sara asari o‘rin olgan.
Ko‘rgazmaning ochilish marosimida so‘z olganlar rassomning hayot yo‘li, tasviriy san’at sohasida qo‘lga kiritgan muvaffaqiyatlari va ijodkor sifatida o‘ziga xos ijodiy uslubi to‘g‘risida to‘xtalib o‘tdi. Shuningdek, ijodkor asarlari yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi.
Mo‘yqalam sohibining ko‘rgazmada namoyish etilayotgan «Kuz ertagi», «Dasturxonga marhamat», «Qo‘rg‘oshin qal’a», «Suhbat», «O‘lkamizda kuz» nomli asarlari ayniqsa, barchada katta taassurot qoldirdi.
Maqsad HABIBULLAEV(surat),O‘zA