Sun’iy intellekt yordamida olib boriladigan qurollanish poygasi avvalgilaridan keskin farq qiladi. Bunga qanday qilib g‘alabaga erishish nazariyasini ishlab chiqish muammosi sabab bo‘ladi. AQSH sobiq davlat kotibi Genri Kissinjer “CBS” telekanaliga intervyusida shu haqda aytib o‘tdi.
Sun’iy intellekt sohasida qurollanish poygasi yuz beradimi, deya savol berilganda, “Ha, biroq boshqacha bo‘ladi, intellektuallik nuqtai nazaridan qaralganda, bu mutlaqo yangi muammo”, – degan u.
– Bizda sun’iy intellekt xulosasini tekshirish imkoni yo‘q, chunki biz mashina egallagan hamma bilimni tahlil qila olmaymiz, – ta’kidlagan shu oy oxirida 100 yoshini nishonlayotgan sobiq siyosat arbobi.
Genri Kissinjer 1973-1977 yillarda AQSH davlat kotibi bo‘lib ishlagan. Olti yil davomida Prezidentning milliy xavfsizlik bo‘yicha yordamchisi lavozimni egallab turgan.