FOTOREPORTAJ

Nukus shahrida O‘zbekiston Qahramoni, O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston xalq shoiri, Berdaq nomidagi davlat mukofoti sohibi Ibroyim Yusupov tavalludining 94 yilligi munosabati bilan «Qoraqalpoq poeziyasining so‘nmas yulduzi» nomli adabiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

Ibroyim Yusupov nomidagi ijod maktabida o‘tkazilgan tadbirda taniqli adabiyotchi olimlar, yozuvchi va shoirlar, malakali pedagoglar va maktab o‘quvchilari ishtirok etdi. Tadbirda so‘zga chiqqanlar ulug‘  shoirning ibratli  umr yo‘li, yaratgan asarlari, o‘zbek va qoraqalpoq adabiyoti rivojiga qo‘shgan hissasi hamda yuksak insoniy fazilatlari to‘g‘risida to‘xtalib o‘tdilar.

Shundan so‘ng  ijod maktabi o‘quvchilari tomonidan tayyorlangan sahna ko‘rinishlari, shoir she’rlari asosida yaratilgan qo‘shiqlar va milliy raqslar havola etildi. Shuningdek, tadbir doirasida Ibroyim Yusupovning ijodiga bag‘ishlangan ko‘rgazma tashkillashtirildi.

 

Maqsad HABIBULLAEV(surat),O‘zA