Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) COVID-19 uchun pandemiya holatini bekor qildi, dedi JSST Bosh direktori Tedros Gebreyesus. Uning so‘zlariga ko‘ra, o‘tgan yil davomida JSST favqulodda qo‘mitasi koronavirus tarqalishini kuzatgan va favqulodda vaziyatni bekor qilish mumkin, degan xulosa kelgan, deb xabar berdi Tashkilot matbuot xizmati.

“Men xulosaga rozilik bildirdim. Umid qilamanki, men endi COVID-19 sog‘liqni saqlash uchun favqulodda holat emasligini e’lon qilaman”, deb bayonot berdi Gebreyesus.  

Koronavirus pandemiyasi 1150 kun davom etdi.

Pandemiyaning bekor qilinishi COVID inson salomatligiga xavf tug‘dirishni to‘xtatganini anglatmaydi.

“O‘tgan haftada COVID-19 har uch daqiqada bir insonning hayotiga zomin bo‘ldi. Aytganimizdek, butun dunyo bo‘ylab minglab odamlar hanuz jonlantirish bo‘limlarida o‘z hayotlari uchun kurashmoqda va yana millionlab odamlar koronavirusning zaiflashtiruvchi ta’siri bilan yashamoqda. Virus hali ham odam o‘ldirishda davom etmoqda”, dedi Bosh kotib.

Uning ta’kidlashicha, faqat rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, yetti million kishi COVIDdan vafot etgan, biroq real raqamlar bundan yuqori va kamida 20 million qurbonni tashkil qiladi.

JSST 2020 yil 11 martda COVID-19ni pandemiya, deb e’lon qildi. O‘sha paytdan beri uch yil-u bir oy va uch hafta o‘tdi.

Tashkilot ma’lumotlariga ko‘ra, dunyo bo‘ylab 765 milliondan ortiq COVID infeksiyasi qayd etilgan.

COVID tarqalishining manbasi hali ham noma’lum bo‘lib qolmoqda. Birinchi holatlar 2019 yil dekabr oyida Xitoyning Uxan provinsiyasida qayd etilgan.

AQSH sobiq Prezidenti Donald Tramp ma’muriyati Xitoyni virusni tarqatishda ayblab, bu virus Uxandagi laboratoriyalardan birida sizib chiqishi tufayli boshlanganini da’vo qilmoqda.

 

O‘zA