O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasida Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi bilan hamkorlikda Sog‘liqni saqlash vazirligi rahbar kadrlari uchun seminar-trening tashkil etildi.

Maqsad ma’muriy islohotlar sharoitida Sog‘liqni saqlash vazirligi rahbar kadrlarining nazariy va amaliy bilimlarini oshirish hamda jamoada samarali ishlash ko‘nikmalarini shakllantirishdan iboratdir.

Vazirlik markaziy apparati tarkibiy tuzilmalari hamda hududiy boshqarmalar (bosh boshqarmalar) rahbarlari ishtirok etgan o‘quvning ochilish marosimida Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari O.Hasanov, sog‘liqni saqlash vaziri A.Inoyatov ishtirok etib, sohadagi islohotlar, yechimini kutayotgan muammolar, yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklar yuzasidan fikr-mulohazalarini bildirdi. Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimida o‘tkazilgan kompleks o‘rganish natijalari tanqidiy muhokama qilindi.

Tinglovchilar ikki kunlik maxsus dastur davomida boshqaruvga oid ko‘nikmalari va kasbiy bilimlarini oshiradi. Tizimdagi dolzarb muammolar muhokama etiladi. To‘plangan tajribalar bilan o‘rtoqlashilib, yechimlar taklif qilinadi.

M.Qosimova,  

O‘zA