May oyining oxiriga qadar Transport vazirligi tomonidan jamoat transporti vositalarlarida qatnovchi yo‘lovchilar uchun to‘lov ta’riflari o‘zgaradi. Ya’ni kutilayotgan ta’rif rejasiga ko‘ra, jamoat transport vositalarida qatnash uchun yo‘lkiraning bir martalik narxi 2000 so‘m, bank va transport kartalari, mobil ilovalar orqali to‘lov qiluvchi yo‘lovchilar uchun esa 1600 so‘mga o‘zgaradi. Shuningdek, bir transport turidan ikkinchi, uchinchi va to‘rtinchi marotaba foydalangan yo‘lovchilar uchun esa qulay imtiyozlar berilmoqda.

M.Eshmirzayeva, N.Abduvoitov, O‘zA