O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati agentligidan ma’lum qilinishicha, joriy yilning 5-6 may kunlari O‘zbekiston bo‘yicha ba’zi joylarda shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda, ayrim joylarda 22-25 m/s gacha kuchayishi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.
5-7 may kunlari respublika bo‘yicha yomg‘ir yog‘adi, tog‘oldi va tog‘li hududlarda ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi. Respublikaning ayrim joylarida do‘l yog‘ishi mumkin.
5-7 may kunlari kutilayotgan kuchli yomg‘irlar yog‘ishi sababli, respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida, jumladan:
Qashqadaryo viloyati Yakkabog‘, Dehqonobod, Chiroqchi, Kitob, Shahrisabz, Qamashi, G‘uzor tumanlarida;
Surxondaryo viloyati Sariosiyo, Uzun, Oltinsoy, Denov, Boysun, Sherobod, Sho‘rchi, Qumqo‘rg‘on, Muzrabot tumanlarida;
Samarqand viloyati Urgut, Samarqand, Bulung‘ur, Nurobod, Qo‘shrabot, Kattaqo‘rg‘on, Payariq, Jomboy, Ishtixon tumanlarida;
Navoiy viloyati Xatirchi, Navbahor, Nurota, Konimex, Karmana tumanlarida;
Jizzax viloyati Zomin, Baxmal, G‘allaorol, Sharof Rashidov, Forish, Yangiobod tumanlarida;
Toshkent viloyati Ohangaron, Bo‘stonliq, Parkent, Piskent, O‘rta Chirchiq, Yuqori Chirchiq tumanlarida va Angren, Olmaliq shaharlarida;
Namangan viloyati Pop, Kosonsoy, Chortoq, Chust, Namangan, Yangiqo‘rg‘on tumanlarida;
Farg‘ona viloyati So‘x, Shohimardon, Farg‘ona, Beshariq tumanlarida;
Andijon viloyati Andijon, Asaka, Jalaquduq, Qo‘rg‘ontepa, Paxtaobod, Izboskan, Xo‘jaobod, Marhamat tumanlari va Xonobod shahrida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.
Tog‘oldi va tog‘li hududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolar, dam oluvchilar hamda tog‘li xududlarda harakatlanuvchi haydovchilardan ehtiyotkorlik choralarini ko‘rishlari so‘raladi.
O‘zA