Yaponiya Кonstitutsiyasiga kiritiladigan o‘zgartirishlarga qarshilar Tokioda miting o‘tkazdi, unda 25 mingdan ortiq kishi qatnashdi. Bu haqda “TASS” xabar berdi.

Namoyishchilar politsiya hamrohligida “Konstitutsiyadagi o‘zgartirishlarni kechirmaymiz!”, “Urushga yo‘l yo‘q!”, “Biz harbiylashtirishga qarshimiz” va boshqa shiorlar bilan shahar markazini to‘ldirishdi.

Namoyish chorshanba kuni nishonlangan Konstitutsiya kuni munosabati bilan tashkil etildi. Hech qanday hodisa, jumladan, politsiya bilan to‘qnashuvlar qayd etilmagan.

Mamlakatning eng yirik nashri “Yomiuri” o‘tkazgan ijtimoiy so‘rov natijalariga ko‘ra, yaponlarning kamida 61 foizi Кonstitutsiyaga o‘zgartirishlarni qo‘llab-quvvatlaydi. Aholining 33 foizi Asosiy qonunga kiritiladigan takliflarga qarshi chiqqan.

1947 yildan beri Konstitutsiyaga hech o‘zgartirishlar kiritilmagan. Muxolifat uning bor holicha saqlab qolish zarurligini ta’kidlamoqda.

O‘zgartirish tarafdorlarining fikricha, o‘tgan asr o‘rtalarida qabul qilingan Кonstitutsiya bugun tez o‘zgarib borayotgan dunyoda xolis ravishda to‘liq bo‘lishi mumkin emas.

O‘zA