Germaniya taraqqiyot bankining KfW Toshkentdagi Markaziy Osiyo bo‘limi direktori Andreas Shnayder: O‘zbekiston Prezidentining Germaniyaga tashrifi moliya-bank sohalarida ham ikki tomonlama hamkorlikni mustahkamlashga kuchli turtki berishini ta’kidladi.
– Yuqori darajadagi tashrif mamlakatlar o‘rtasidagi iqtisodiy hamkorlikni kengaytiradi. Germaniya taraqqiyot banki KfW O‘zbekiston va Germaniya o‘rtasida savdo-iqtisodiy aloqalarni yo‘lga qo‘yish, aholi turmush sharoitini yaxshilashga ko‘maklashishga tayyor.
Mamlakatingizda uch yo‘nalish, xususan, sog‘liqni saqlash, mehnat bozori va shaharsozlik tizimini takomillashtirish hamda suv ta’minotini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilayotganini yuqori baholaymiz.
bugungi kunda Germaniya taraqqiyot banki KfW sog‘liqni saqlash sohasida onalar va bolalar salomatligini mustahkamlash, sog‘liqni saqlashning barcha tarmoqlarini raqamlashtirishni qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, pandemiya oqibatlarini bartaraf etishga ko‘maklashish bo‘yicha faol chora-tadbirlar ko‘rmoqda.
Bankimiz tomonidan amalga oshirilayotgan loyihalar ikki davlat o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlikni chuqurlashtirishga xizmat qilishini, shuningdek, mamlakat barqaror rivojlanishini qo‘llab-quvvatlashini yana bir bor eslatib o‘taman.
Behruz Xudoyberdiyev tayyorladi.
O‘zA