–
Byudjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi miqdori 7 foizga oshiriladi.
O‘zbekiston hududida: mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori – oyiga 980 000 so‘m;
bazaviy hisoblash miqdori – oyiga 330 000 so‘m etib belgilanadi.
-Ma’muriy jarimalarni 15 kun ichida to‘laganlik uchun chegirma miqdori oshiriladi.
-Ayrim toifadagi fuqarolarga bepul yurish huquqini beruvchi imtiyozli transport kartalari beriladi.
-Ayrim turdagi tovarlar xaridi uchun qo‘shilgan qiymat solig‘i qaytarib beriladi.
Jumladan jismoniy shaxslar chakana savdo ob’ektlarida tuxum, o‘simlik yog‘i hamda mol, qo‘y, parranda go‘shtlari xaridi uchun qo‘shilgan qiymat solig‘i qaytarib beriladi.
-“Metan-zapravka”larga onlayn kamera o‘rnatish majburiy bo‘ladi;
-Yangi “dom”larning tomiga quyosh panellari o‘rnatish majburiy bo‘ladi;
-Ayrimlarga (kimlarga?) shifohonada bepul ovqat beriladi;
-Halok bo‘lgan harbiy xizmatchining yaqinlari ijtimoiy qo‘llab-quvvatlanadi;
-Rahbar kadrlar uchun inson huquqlari va gender tenglik bo‘yicha o‘quv kurslari joriy qilinadi;
-Bank hisob-varag‘ini masofadan turib ochishga ruxsat etiladi.
Shahnoza Toshtemirova O‘zA