Ostona shahrida o‘tkazilgan para dzyudo bo‘yicha Osiyo chempionati o‘z nihoyasiga yetdi.

Ushbu qit’a birinchiligida qatnashgan O‘zbekiston terma jamoasi 4 ta oltin, 6 ta kumush hamda 3 ta bronza, jami 13 ta medal bilan umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egalladi.

Bu borada kuchli uchlikdan mezbon Qozog‘iston hamda Eron terma jamoalari joy oldi.

 

N.Rahmonova, O‘zA