Nukus shahrida sportning badiiy gimnastika turi bo‘yicha 2011-2013 yillarda tug‘ilgan qizlar o‘rtasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi ochiq chempionati musobaqasi bo‘lib o‘tmoqda.

Unda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Buxoro, Jizzax, Navoiy viloyatlari va Toshkent shahridan jami 200 nafarga yaqin iqtidorli sportchi ishtirok  etmoqda. Ular musobaqaning SU va SUN dasturlarida o‘zaro bellashuvlar olib boradi.

Musobaqa 30 aprelga qadar davom etadi.

G‘olib sportchilar I, II, III darajali diplom, medal va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadi.

Maqsad HABIBULLAEV (surat), O‘zA