O‘zbekiston Ekologik partiyasi Markaziy Kengashi ijroiya qo‘mitasida YeXHT DIIHB missiyasi rahbari Albert Yonsson va siyosiy tahlilchi Svetozar Kolibarski bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda partiya Markaziy Kengashi raisi A.Hamzayev  mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, ochiqlik va shaffoflik siyosati, fuqarolik jamiyati institutlari uchun yaratilgan huquqiy kafolatlar hamda teng shart-sharoitlar xususida to‘xtalib o‘tdi.

Yangilanayotgan Konstitutsiyaga kiritilayotgan o‘zgarishlar, xususan, ekologik normalar haqida ma’lumot berdi.

Missiya rahbari A.Yonsson O‘zbekistonda Ekologik partiya faoliyat yuritayotganligini yuqori baholadi.

Suhbat do‘stona va konstruktiv ruhda o‘tdi.

M.Komilova, O‘zA