Samarqand Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi og‘ir atletikachilari Tojikiston poytaxti Dushanbe shahrida o‘tkazilgan xalqaro musobaqada muvaffaqiyatli ishtirok etdi.
Markaziy Osiyo mamlakatlarining 100 nafarga yaqin yosh sportchilari g‘oliblik uchun kurash olib borgan xalqaro turnirda yurtimiz og‘ir atletikachilari Dushanbe bahslarida kichik tarkib bilan qatnashgan bo‘lsa-da, medallar jamg‘arishda sermahsullikka erishdi.
Umidli sportchilarimizdan Diyorbek Odilov va Doston Bekpo‘latov oltin, Dalerjon Zubaydullayev va Firdavs Po‘latov kumush medallarga egalik qildi.
T.Ro‘ziyev,
O‘zA