AQSH Rossiyaga yordam berayotgani va G‘arbning joriy qilgan savdo va moliyaviy cheklovlaridan chetga chiqayotgani uchun Qozog‘iston va uning kompaniyalari hamda banklarini ikkilamchi sanksiyaga tushib qolish xavfi ortib borayotganidan ogohlantiradi, deb bayonot berdi seshanba kuni AQSH moliya vaziri yordamchisi Elizabet Rozenberg Ostonada bo‘lib o‘tgan davra suhbatida.

Bu haqda Ria Novosti yozmoqda.

“Qozog‘iston Respublikasiga nisbatan ham, Qozog‘iston kompaniyalari va banklari uchun ham xavf ortmoqda. Biz qozog‘istonlik hamkasblar, hukumat vakillari, xususiy sektor vakillari bilan hamkormiz va Rossiya Federatsiyasiga sanksiyadan qochish va eksport nazorati choralaridan chetlashishga ko‘rsatayotgan  yordami yomon oqibatlarga olib kelishidan ogohlantiramiz”, – degan Rozenberg.