AQSHning Vanderbilt universiteti olimlari “TCL1A” geniga to‘siq qo‘yish keksalarda qon saratoni rivojlanishiga xalaqit berishini aniqlashdi. Tajriba davomida 5000 kishining tibbiy ma’lumoti tahlil qilindi. Natijada tadqiqotchilar xavfli qon hujayrasi bo‘linishini qo‘zg‘atuvchi genni topishga muvaffaq bo‘ldilar. Mutaxassislar xulosasiga ko‘ra, endi “TCL1A” geniga yo‘naltiriladigan dori orqali saraton hujayrasi o‘sishini to‘xtatish mumkin.
Mualliflar fikricha, yosh o‘tishi bilan inson tanasidagi bo‘linuvchi hujayralar aksariyati zararsiz bo‘lgan turli mutatsiyaga uchraydi. Afsuski, yoshi ulug‘larning 10 foizdan ko‘pida qon saratoni va yurak kasalligini keltirib chiqaruvchi moddalar rivojlanadi.