Amerikalik tadbirkor Ilon Mask bugun “SpaceX” kompaniyasi “Starship” kosmik kemasining ilk sinov parvozi amalga oshirilishini ma’lum qildi.
“Urinib ko‘ramiz”, – deb yozgan milliarder yakshanba kuni ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.
Avvalroq kompaniya tomonidan bu yerda gap birinchi to‘laqonli sinov haqida borayotgani bildirilgandi.
AQSH fuqaro aviatsiyasi federal boshqarmasi Texasdagi Boka-Chika kosmodromidan amalga oshirilishi rejalashtirilgan parvoz kuni etib 17 aprel belgilangan.
Zaxira sanasi sifatida 18-21 aprel tasdiqlangan. “SpaceX” ko‘p bor foydalaniladigan va koinotning uzoq nuqtalariga parvoz qila oladigan “Starship” fazo kemasini yaratmoqda. Mask g‘oyasi bo‘yicha aynan “Starship” odamlarni Oyga va Marsga eltadi.