So‘nggi soniyalar “Real” ustunligini ta’minladi

Yevropa Chempionlar ligasi chorak final javob bahsidan o‘rin olgan “Real” – “Yuventus” qarama-qarshiligi ham Barselona – Roma uchrashuvini eslatib yubordi. Chorak finalning dastlabki bahsida yirik hisobda borayotgan jamoalar (Yuventus — Real 0:3, Barselona—Roma 4:1) javob uchrashuvida yirik hisobda ortda qoldi. Dastlab Barselona Romaga 3:0 hisobda yutqazib chempionatni shu turda tark etgan bo‘lsa, kechagi Real —Yuventus qarama-qarshiligida 1:3 hisobi qayd etildi. Ammo turinliklar uchun bu hisob ularning keyingi bosqichga chiqishga yetarli bo‘lmadi.

“Santyago Bernabeu”da kechganshiddatli bahs oxirigacha barchani hayajonda ushlab turdi. O‘yinning ikkinchi daqiqasidayoqmehmonlar hisobni ochgan bo‘lsa, birinchi bo‘lim oxiriga kelib Yuventus futbolchisi Manjukich Daniel o‘yindagi o‘zining ikkinchi golini darvozaga joyladi.

Ikkinchi bo‘limning 61-daqiqasida esa Real darvozaboni Navasning xatosi tufayli Blez Matyuydi jamoasining uchinchi golini urdi.

O‘yin 0:3 hisobida tugashi kutilayotgan bir paytda Benatiya o‘z jarima maydoni ichida Lukas Vaskesni qo‘pollik bilan yiqitdi. Natijada 11 metrlik jarima jarbasini Ronaldu aniq bajarib jamoasini keyingi bosqichga olib chiqdi.

YECHL, Chorak final

Real Madrid (Ispaniya) – Yuventus (Italiya) 1:3

 

O’zA