“Yangi O‘zbekiston” va boshqa davlat dasturlari doirasida qurilgan massivlarning bo‘sh yerlarida ko‘p qavatli uy-joylar qurishni davom ettirish va 2023 yilda qurish hajmlarini 90 mingtaga yetkazish taklif etilmoqda. Bunda:

➖ 38 ta “Yangi O‘zbekiston” massivlarida 31 mingta, boshqa davlat dasturlaridagi massivlarda 8 mingta, xususiy pudrat tashkilotlari hisobidan 51 mingta kvartiralar qurilishi belgilanmoqda;

➖ “Yangi O‘zbekiston” massivlarini kengaytirish hamda 9 ta yangi massivlarni tashkil qilish uchun 140 ga qishloq xo‘jaligi yerlarining toifasi o‘zgartirilmoqda va hokimlar zimmasiga ajratiladigan yerlarning 5 baravari miqdorida yangi yerlarni o‘zlashtirish vazifasi yuklanmoqda;

➖ massivlarning ichki yo‘llarini qurish Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi zimmasiga yuklanmoqda;

➖ temir-beton korxonalarida zamonaviy laboratoriyalar tashkil etilishi va buning uchun “Sanoat qurilish банк” ATB tomonidan 10 mln doll kredit liniyasi ajratilishi belgilanmoqda;

➖ Oliy Majlis palatalari, siyosiy partiyalar, qurilish, adliya, iqtisodiyot va moliya idoralari vakillaridan iborat Ishchi guruh tomonidan “Renovatsiya to‘g‘risida”gi Qonun loyihasi ishlab chiqilishi belgilanmoqda;

➖ hududlarda suv, oqova, elektr, gaz, yo‘l infratuzilmasini yaxshilashga investor-developerlarni jalb qilish, shuningdek, seysmik xavfsizlik va qurilishda nazoratni kuchaytirish bo‘yicha alohida qaror loyihalari ishlab chiqilishi nazarda tutilmoqda.

O‘zA