bugungi kunda dunyo aholisining kamida 26 foizi toza ichimlik suvidan mosuvo ekan. Yer yuzidagi 47 foiz inson esa asosiy sanitariya xizmatidan foydalana olmaydi. Bu haqda BMT hisobotida keltiriladi.

So‘nggi 40 yil ichida suv iste’moli har yili qariyb 1 foiz ko‘payadi va o‘sishda davom etadi, deyishyapti tashkilot ekspertlari.

“4 milliardga yaqin odam yiliga o‘rtacha bir oy davomida jiddiy suv tanqisligi bilan yashaydi”, deyiladi hisobotda.

Hisobot bosh muharriri Richard Konnorning so‘zlariga ko‘ra, 2030 yilga kelib aholini toza va oqova suv bilan ta’minlanishini qo‘llab-quvvatlash uchun tashkilotga har yili 600 milliarddan 1 trillion dollargacha mablag‘ zarur.

O‘zA