Argentinaning shimolida 6,4 magnituda kuchi bilan zilzila ro‘y berdi. Yer silkishi Jujuy provinsiyasi poytaxtida ham yaqqol sezildi, deyiladi mamlakat milliy seysmologiya xizmati tarqatgan xabarda, deb yozmoqda RIA Novosti.
Argentina bilan chegaradosh bo‘lgan Chili mamlakati seysmologiya xizmati ma’lumotida aytilishicha, Argentinadagi zilzila Chilining shimolida ham kuzatilgan. Bu yerda uning kuchi 6,1 magnitudaga yetdi, deyilmoqda.
Ikki mamlakatda ham tabiiy ofat tufayli yuz berishi mumkin bo‘lgan vayronagarchiliklar yoki jabr ko‘rganlar haqida ma’lumot qayd etilmagani aytilmoqda.
Umuman, mazkur mintaqada yerosti silkinishlari odatiy me’yor hisoblanadi. Chunki, bu mintaqada Tinch okeanining “olovli halqasi” o‘tgan. Uning uzunligi 40 ming kilometr bo‘lib, vulqonlar va tiktonik yoriqlar belbog‘i o‘tgan. U Tinch okeanidan Janubiy va Shimoliy Amerika orqali Alyaskaning janubiy qismigacha yetib boradi va u yerdan Yaponiya, Filippin va Indoneziyaga buriladi hamda Yangi Gvineya, Yangi Zelandiya hamda Okeaniya orollarining janubi-g‘arbiy mintaqalarida nihoyasiga yetadi.
Aynan “olovli halqada” sayyoramizning mashhur vulqonlari joylashgan. Yer silkinishlarining 90 foizi ham ushbu mintaqalarga to‘g‘ri keladi.