Turkiy davlatlar tashkilotining (TDT) o‘ninchi yubiley sammiti 2023 yil oktyabrda Turkiston shahrida bo‘ladi, deb bayonot berdi Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart Toqayev juma kuni Anqarada bo‘lib o‘tgan TDT sammitida.

“Sizlarni shu yil oktyabr oyida muqaddas Turkiston shahrida bo‘lib o‘tadigan TDTning o‘ninchi yubiley sammitiga taklif etaman. Kuzda Turkiy davlatlar tashkilotiga raislik qilish ham Qozog‘istonga o‘tadi. Biz ushbu davrda qator ahamiyatli tadbirlarni o‘tkazamiz”, – dedi Toqayev.

Qozog‘iston rahbarining ta’kidlashicha,  hozir dunyoda murakkab geosiyosiy va iqtisodiy vaziyat yuzaga kelgan. “Shunday sharoitda Turkiy dunyoning hamkorligini mustahkamlash muhim hisoblanadi. Shu yo‘l bilan tashkilotimiz xalqaro maydonda o‘zining munosib o‘rnini egallaganini namoyish etadi. Mamlakatlarimiz siyosiy, iqtisodiy va madaniy aloqalarni yangi bosqichga olib chiqishi kerak. Bu Qozog‘iston olib borayotgan tashqi siyosatning ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi”, – deya ta’kidladi Toqayev.