Aholining energiya resurslariga bo‘lgan talabini qondirish borasida zarur chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Energiyadan noqonuniy foydalanish bilan bog‘liq holatlarga chek qo‘yish maqsadida prokuratura organlari tezkor tadbirlarni yo‘lga qo‘ygan.

Bosh prokuratura tomonidan energiya resurslarini talon-toroj qilinishining oldini olishda jamoatchilik nazoratini yo‘lga qo‘yish maqsadida maxsus telegram-bot dasturi (@EnergonazoratBot) ishlab chiqildi.

Bosh prokuratura aholiga murojaat qilib, energetika sohasiga oid biror-bir qonun buzilishiga guvoh bo‘lganda telegram-botga xabar yo‘llashni so‘radi.

 

O‘zA