Ukraina Tashqi ishlar vazirligi kadrlar yetishmasligi sababli o‘z veb-sahifasida elchi bo‘lishni xohlovchilar arizalarini qabul qilish uchun maxsus bo‘lim ochdi. Vazir Dmitriy Kulebaning so‘zlariga ko‘ra, jami 21 bo‘sh ish o‘rni to‘ldirilishi kerak.
“Biz misli ko‘rilmagan qadam tashlamoqdamiz – biz tizim ichidagi diplomatlarga ham, tashqaridan kelgan odamlarga ham elchi lavozimiga o‘z nomzodini taklif qilish imkonini beradigan “ochiq eshiklar” yaratmoqdamiz”, deb yozdi vazir ijtimoiy tarmoqlardagi o‘z sahifasida.
Uning qo‘shimcha qilishicha, nomzodlarni tanlash qiyin kechadi, biroq Ukraina diplomatiyasi tarixida birinchi marta “tizim ichidan bo‘lmagan” kishilar elchi bo‘lishi mumkinligini ta’kidladi.
“Teng kasbiy ko‘rsatkichlar sharti bilan men ayollarga ustunlik beraman. Shunchaki diplomatiya ayollarning martaba olishi masalalarida o‘nlab yillar davomida adolatsizlikka yo‘l qo‘yilgan”, dedi vazir.
Kulebaning aytishicha, departament malakali kadrlar yetishmagani uchun shu yo‘ldan borilmoqda. Yevropa, Lotin Amerikasi, Yaqin Sharq, Janubi-Sharqiy Osiyoning 21 davlatida bo‘sh elchi lavozimlari bor.
“Afrikadagi diplomatik missiyalar rahbarlari lavozimiga da’vogarlarning imkoniyatlari ko‘proq bo‘ladi”, deb qo‘shimcha qildi TIV rahbari.
O‘zA