Tashqi ko‘rinishida o‘zgarish bo‘lganlarni Face ID tizimi qanday tanib olyapti?
“Keshbek” olishda summa cheklanganmi?
Qanday holatlarda xarid chekidagi summani ilovaga kiritib bo‘lmaydi?
”Firibgarlar sizning “keshbek”ingizni qanday qo‘lga kiritishi mumkin?
Shu kunlarda ijtimoy tarmoqlarda fuqarolar xarid chekidan tushadigan “keshbek” summalarini ololmayotganliklari, ilovada shaxsni tasdiqlash bilan bog‘liq shartlar ham bir muncha qiyinlashgani haqida yozib qoldirishmoqda. Bu bilan bog‘liq sabablar haqida O‘zbekiston Respublikasi Davlat Soliq qo‘mitasi, boshqarma boshlig‘i matbuot kotibi Dildora Xashimova batafsil ma’lumot berdi.
Xabaringiz bor, O‘zbekiston Prezidenti qaroriga muvofiq, 2022 yilning 1 yanvaridan boshlab chakana savdo, umumiy ovqatlanish va aholiga maishiy xizmat ko‘rsatish ob’ektlarida xaridni amalga oshirib, xarid chekini Soliq.uz mobil ilovasidan ro‘yxatdan o‘tkazgan jismoniy shaxslarga oy yakuni bilan keyingi oyning 25 sanasidan boshlab xarid summasining 1 foizi qaytarilishi tizimi yo‘lga qo‘yilgan edi.
Xarid cheki — xarid qilingan tovarlar yoki xizmatlar uchun to‘lov amalga oshirilganda onlayn yoki virtual kassada amaldagi qonun xujjatlariga muvofiq shakllantirilgan va elektron shaklda yoki qog‘ozda chop etilgan, hisob-kitoblar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan hujjat hisoblanadi. Fuqarolar unda aks etgan xarid summasi foizini Soliq.uz ilovasi orqali to‘plab borishlari va bank kartasiga o‘tkazishlari mumkin. Buning uchun xaridorlarning ilovaga kiritmoqchi bo‘lgan xarid cheki haqiqiy bo‘lishi talab etiladi va bu Soliq.uz ilovasining o‘z foydlanuvchilariga sifatli va ishonchli xizmat ko‘rsatishini ta’minlaydi.
Mohichehra Eshmirzayeva, Nishonboy Abduvoitov, O‘zA