FOTOREPORTAJ

Poytaxtimizdagi “Hyatt” mehmonxonasida Osiyo, Afrika, Pan-Amerika qilichbozlik konfederatsiyalari rahbarlari ishtirokida “Dunyoda qilichbozlikni ommalashtirish: muammo va yechimlar” mavzusida xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi.

Konferensiyada qilichbozlik sport turining buguni va ertasi haqida turli xil fikrlar bildirildi. Ayniqsa, O‘zbekistonda barcha sport turlari kabi qilichbozlikka e’tibor kuchaygani, chekka hududlarda ham bu sport turining ommalashayotgani diqqatga sazovordir.

Mazkur tadbirning uzviy davomi sifatida kunning ikkinchi yarmida matbuot anjumani ham bo‘lib o‘tdi.

Ma’lumki, joriy yilning 2-9 mart kunlari Toshkentda qilichbozlik bo‘yicha yoshlar va o‘smirlar o‘rtasida Osiyo chempionati o‘tkazildi.

E’tirof etish kerakki, Osiyo chempionatida hamyurtlarimiz yuksak natija namoyon qildilar: 31 mamlakatdan ishtirok etgan sportchilar orasida mamlakatimiz vakillari o‘smirlar o‘rtasida 3 ta oltin, 1 ta bronza, yoshlar o‘rtasida 6 ta oltin, 3 ta kumush va 3 ta bronza medallarini egalladi.

Muhammad AMIN (surat), O‘zA