Oliy Majlis Qonunchilik palatasining majlisida ko‘rib chiqilayotgan Konstitutsiyaviy qonun loyihasida sudlar faoliyatiga oid qator normalar o‘z aksini topgan.
Qayd etilganidek, sudlarning faoliyatini moliyalashtirish faqat O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjetidan amalga oshirilishi Konstitutsiya bilan mustahkamlanmoqda. Bu o‘z navbatida, odil sudlovni to‘liq va mustaqil ravishda amalga oshirish imkonini beradi.
Bundan tashqari, Konstitutsiyamizda shaxsni sudning qarorisiz 48 soatdan ortiq muddat ushlab turish mumkin emasligi belgilanmoqda hamda odamlarning huquq va erkinliklarini cheklash bilan bog‘liq barcha harakatlarga, faqat sud qarori asosida yo‘l qo‘yilishi mustahkamlanmoqda.
Bundan tashqari, ilk bor ayblanuvchi va sudlanuvchilarga o‘ziga qarshi ko‘rsatma bermaslik, ya’ni «sukut saqlash» huquqi berilmoqda.
M.Komilova, O‘zA