Xitoy mudofaa byudjetini oshirish rejalari va umuman, mamlakatlarning mintaqadagi harbiy faolligini kengaytirish Yaponiya va uning ittifoqdoshlarini jiddiy tashvishga solmoqda. Bu fikrni Yaponiya Vazirlar Mahkamasi Bosh kotibi Xirokadzu Matsuno bildirdi.
“Xitoy mudofaa xarajatlarini izchil va jadal sur’atda ko‘paytirmoqda, ya’ni bu haqda oshkor qilmay, harbiy qutratini oshirishda davom etmoqda. Xitoyning bunday amallari mamlakatimiz va butun xalqaro hamjamiyatni katta tashvishga solmoqda”, dedi u.
Matsuno XXRning Janubiy va Sharqiy Xitoy dengizlaridagi harakatlarini yana bir bor tanqid qilib, Pekinning mintaqadagi harbiy faolligi hozirgacha eshitilmagan muammo ekanligini ta’kidlab, Yaponiya ittifoqchi davlatlar bilan javob qaytarishi kerakligini qayd etdi.
Kecha, yakshanba kuni Xitoy xalq vakillari (parlament) yig‘ilishida joriy yil byudjeti loyihasi e’lon qilindi. Unda harbiy byudjetni 7,2 foizga oshirib, taxminan 224,85 milliard dollarga yetkazmoqchi ekanligi qayd etilgan.
O‘zA