Fransiya fuqaro aviatsiyasi bosh boshqarmasi pensiya islohotiga qarshi ish tashlash tufayli 6-9 mart kunlari butun mamlakat bo‘ylab aeroportlarda uzilishlar bo‘lishi haqida ogohlantirdi va yo‘lovchilarni iloji bo‘lsa reyslarni qayta rejalashtirishga chaqirdi.

“6 mart kechqurundan to 9 mart tongiga qadar poytaxtning Sharl-de-Goll, Orli va Bove, shuningdek, Bordo, Lille, Nant, Marsel, Monpele, Nitssa va Tuluza aeroportlarida samolyotlarning qo‘nishi va uchishi cheklanadi”, deyiladi Bosh boshqarmaning saytida.

Shuningdek, aniqlik kiritilishicha, cheklovlar 7 martdan boshlanadigan pensiya islohotiga qarshi kasblararo ish tashlash natijasida yuzaga keladi. “Fuqaro aviatsiyasi bosh boshqarmasi yo‘lovchilarni iloji boricha, parvozlar jadvalini o‘zgartirishga chaqiradi”, deyiladi xabarda.

 

O‘zA