Bugun, 5 mart kuni Pekinda XIV Xalq vakillari kengashi (parlament) birinchi sessiyasi ish boshladi. Bu haqda “Sinxua” agentligi xabar berdi.
Kun tartibiga asosan, XXR Davlat kengashi Bosh vaziri Li Ketsyan hukumatning 2022 yildagi faoliyati, markaziy va mahalliy byudjet ijrosi xususida axborot beradi. Shuningdek, parlament doimiy qo‘mitalari, Oliy xalq prokuraturasi va Oliy xaql sudi hisoboti tinglanadi.
Deputatlar ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish rejasi bajarilishi holatini ham muhokama etadilar, 2023 yil uchun belgilangan mamlakat taraqqiyotining ustuvor yo‘nalishlari va yangi byudjetni qabul qiladilar.
Bundan tashqari anjumanja Xitoy Davlat kengashi tomonidan ishlab chiqilgan islohot loyihasi hamda qonunchilik huquqiga o‘zgarish kiritish masalasi ko‘rib chiqish mo‘ljallangan.
Parlament sessiyasi13 martgacha davom etadi.
O‘zA