Toshkentda start olgan qilichbozlik bo‘yicha o‘smirlar va yoshlar o‘rtasidagi qit’a birinchiligining ilk kuni yakunlandi. Avval xabar qilinganidek, unda o‘smirlar sablya va shpaga, qizlar esa rapira qurolida g‘oliblik uchun bahs olib bordi. Quvonarlisi, sablyadagi janglarda ushbu sport turida o‘zbekistonlik birinchi jahon chempioni Zuhriddin Qodirov oltin medalni qo‘lga kiritdi.

G‘olib va sovrindorlar bilan tanishing:

Sablya, o‘smirlar:

1-Zuhriddin Qodirov (O‘zbekiston),

2-Muhammad Abdulkarim (Quvayt),

3-Pak Xo (Gonkong),

3-Minchan Kim (J.Koreya).

Shpaga, o‘smirlar:

1-Xoxyun Nam (J.Koreya),

2- Rang Li (Xitoy Taybey ),

3- Chinrui Chjang (Xitoy),

3- Jia Xsu (Gonkong).

Rapira, qizlar:  

1- Minchaye Shin (J.Koreya),

2- Shun Vong (Gonkong),

3- Nano Shimizu (Yaponiya),

3-Yuyang Sia (Xitoy).

Osiyo chempionati bahslari davom etmoqda.

 

Muhammad AMIN(surat),O‘zA