Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Qonliko‘l tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda obodonlashtirish ishlaridagi talon-torojliklar aniqlandi.

Jumladan, “N.K.” mas’uliyati cheklangan jamiyati va “Ya.B.I.” kompaniyasi mas’ul shaxslari oldindan o‘zaro til biriktirib, “Do‘stlik” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida obodonlashtirishdagi qurilish-ta’mirlashda hujjatlarga amalda bajarilmagan ishlarni qo‘shib yozish orqali 224,4 million so‘mni o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilinganligi ma’lum bo‘ldi.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-, 228-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Dovud ABIBULLAEV, O‘zA muxbiri