Statistika agentligining ma’lumotlariga ko‘ra, 2022/23-o‘quv yili boshiga respublikamizdagi oliy ta’lim tashkilotlarida tahsil olayotgan xorijlik talabalar soni 5 ming nafarni tashkil etgan.
Yillar kesimida respublikamizdagi oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan xorijlik talabalar soni: — 2017/2018-o‘quv yili – 1,3 ming nafar
— 2018/2019-o‘quv yili – 2,7 ming nafar
— 2019/2020-o‘quv yili – 3,6 ming nafar
— 2020/2021-o‘quv yili – 4,2 ming nafar
— 2021/2022-o‘quv yili – 5,1 ming nafar
— 2022/2023-o‘quv yili – 5 ming nafar
2021 yilning 1 yanvar holatiga, YUNESKOning statistika instituti ma’lumotlariga ko‘ra, xorijda tahsil olayotgan O‘zbekistonlik talabalar soni 85,9 ming nafarni tashkil etgan.
O‘zA