Avval xabar qilinganidek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Afg‘oniston Islom Respublikasi Prezidenti Muhammad Ashraf G‘ani 26-27-mart kunlari amaliy tashrif bilan mamlakatimizda bo‘ldi.
26-mart kuni Shavkat Mirziyoyev va Muhammad Ashraf G‘anining uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda mamlakatlarimiz o‘rtasidagi yaxshi qo‘shnilik munosabatlarini yanada mustahkamlash va o‘zaro hamkorlikni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.
Oliy martabali mehmon bugun “Tinchlik jarayoni, xavfsizlik sohasida hamkorlik va mintaqaviy sheriklik” mavzusida yuqori darajadagi xalqaro konferensiyada ishtirok etdi va nutq so‘zladi.
Anjuman yakunida Toshkent deklaratsiyasi imzolandi.
Shuning bilan Afg‘oniston Prezidenti Muhammad Ashraf G‘anining mamlakatimizga tashrifi yakunlandi. Oliy martabali mehmonni Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov kuzatib qo‘ydi.