Bu yadro qurolini yasash uchun zarur bo‘ladigan ko‘rsatkichdan biroz past, deb yozmoqda Blumberg agentligi ikki nafar ismini sir tutgan yuqori lavozimli diplomatga tayanib.
“Xalqaro atom energiyasi bo‘yicha agentlik (MAGATE) Eronning 84 foizgacha boyitilgan uranni qay yo‘l bilan jamlaganiga aniqlik kiritishga urinmoqda. Bu xalqaro ekspertlarning bugungacha Eronda aniqlagan eng yuqori darajada boyitilgan uran hisoblanadi”, – deyiladi xabarda.
Xabarda aytilishicha, mazkur ko‘rsatkichga yana atigi 6 foiz qo‘shilsa, yadro quroli yaratish uchun yetarli bo‘ladi.
Avvalroq Eron MAGATEga ushbu sentrifuga uranni 60 foizgacha boyitish imkonini berishini ma’lum qilgan edi, deyiladi maqolada.
Ta’kidlanishicha, bu uranni boyitish bilan bog‘liq aniqlangan ikkinchi shubhali holat.