Poytaxtimizda davom etayotgan “Tinchlik jarayoni, xavfsizlik sohasida hamkorlik va mintaqaviy sheriklik” mavzuida o‘tkazilayotgan xalqaro konferensiyada so‘zlagan Eron tashqi ishlar vaziri Muhammad Javad Zarif qariyb qirq yildan beri davom etib kelayotgan afg‘on urushi nafaqat Afg‘oniston, balki qo‘shni davlatlar uchun ko‘plab muammolar paydo qilganini ta’kidladi.
Afg‘onistondagi notinchlikning asl sababi bu yerda xorijiy davlatlar harbiy kuchlarining joylashtirilgani ekaniga e’tibor qaratdi. Turli terroristik harakatlar ham bu beqarorlikda rol o‘ynamoqda. Bularning barchasiga barham berish, xorijiy harbiylarni mamlakatdan chiqarish zarur.
Islom niqobidagi terrorizmga barham berish uchun mafkuraviy hurujlarga qarshi turish, dinning asl mohiyatini keng targ‘ib qilish maqsadga muvofiq.