Tomas Shennon: Afg‘onistonda tinchlikni ta’minlash bo‘yicha O‘zbekiston tashabbusi g‘oyat ahamiyatlidir

Afg‘oniston bo‘yicha Toshkent xalqaro konferensiyasida AQSh Davlat kotibining siyosiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari Tomas Shennon so‘zga chiqdi.

– Afg‘onistonda tinchlik va xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha O‘zbekiston tashabbusini qo‘llab-quvvatlaymiz, – dedi T.Shennon. – O‘zbekiston mintaqa davlatlari taraqqiyotiga, o‘zaro hamjihatlik aloqalarini mustahkamlashga munosib hissa qo‘shib kelmoqda. Bugungi konferensiyaga dunyo hamjamiyati katta qiziqish bilan qaramoqda. Markaziy Osiyo mamlakatlarining ham tashqi siyosat mahkamalari rahbarlari ishtirok etayotgani ushbu muammoni hal etishga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi, albatta. Va barchamiz bir maqsad yo‘lida imkoniyatlarimizni ishga solishga tayyormiz.

 

O‘zA