Vladimir Andronaki “Krыm” teleradiokompaniyasi muxbiri Afg‘onistondagi vaziyat nafaqat shu mamlakatning, balki mintaqa hayoti, xavsizligiga ta’sir ko‘rsatadigan jarayondir

Shu boisdan qaraganda mazkur konferensiyaning ahamiyati yuksak. 

Konferensiyadagi Prezident Shavkat Mirziyoyevning ma’ruzasida juda ham ahamiyatli, aniq takliflar berildi. Xususan, Prezident Shavkat Mirziyoyev Afg‘onistonda milliy kelishuv jarayoniga xalqaro hamjamiyat tomonidan ko‘mak berish bo‘yicha “yo‘l xaritasi” ishlab chiqish kerakligini aytib o‘tdi.

Konferensiyada berilgan taklif va tavsiyalar asosida Afg‘onistondagi vaziyatni tinch yo‘l bilan hal etishga qaratilgan aniq xujjat qabul qilinishi ushbu mamlakatning tinchligi va osoyishtaligini ta’minlashga xizmat qilishiga ishonamiz.

 

Go‘zal Sattorova, O‘zA