Moldova Prezidenti Mayya Sandu bayonot berishicha, mamlakatda hukumat iste’fosi bilan bog‘liq siyosiy beqarorlik yoki inqiroz bo‘layotgani yo‘q.
Moldova bosh vaziri Natalya Gavrilitsa 10 fevralda iste’foga chiqishini ma’lum qilgan edi. U bilan birga butun hukumat ham iste’foga chiqdi. Sandu bosh vazirlikka nomzod sifatida o‘zining xavfsizlik va milliy mudofaa bo‘yicha maslahatchisi, sobiq ichki ishlar vaziri Dorin Rechanni ko‘rsatgan.
“Bizda siyosiy beqarorlik bo‘layotgani yo‘q, yangi hukumat 16 fevralda tasdiqlanadi, islohotlar, ayniqsa, Yevropa institutlari so‘rayotgan Moldovaning yevrointegratsiyasi bilan bog‘liq sohalarda davom ettiriladi. Kishinyovda hech qanday siyosiy inqiroz yo‘q, bu borada xavotir bo‘lishi mumkin emas”, – dedi Sandu TVR1 telekanali orqali.
Uning qo‘shimcha qilishicha, yangi hukumat fuqarolar va davlat xavfsizligini mustahkamlashga, iqtisodiy rivojlanishni jadallashtirish hamda yuksaltirishga e’tibor qaratadi.