Bugun, 16 fevraldan dunyodagi “aql gimnastikasi” ishqibozlarining diqqat e’tibori Germaniyaning Dyusseldorf shahrida shaxmat bo‘yicha boshlanayotgan “WR Chess Masters” turniriga qaratiladi.

Sovrin jamg‘armasi 140 ming yevroni tashkil etgan nufuzli turnirda jahon shaxmatining o‘n nafar yorqin yulduzi – rossiyalik Yan Nepomnyashiy, hindistonlik Anish Giri, AQSHlik Uesli So, Livon Aronyan, polshalik Yan-Kshishtof Duda, hamyurtimiz Nodirbek Abdusattorov, hindistonlik Gukesh, germaniyalik Vinsent Keymer, hindistonlik Romishbabu Praggananadaa, rossiyalik Andrey Yesipenko g‘oliblik uchun kurash olib boradi.

Aytish lozim, Nepomnyashiy va Yesipenko FIDE bayrog‘i ostida, qolgan shaxmatchilar o‘z mamlakatlari bayrog‘i ostida bahslarda qatnashadi.

9 turdan iborat bahslarda tezkor shaxmat bo‘yicha jahon chempioni, 44-shaxmat olimpiadasi g‘olibi Nodirbek Abdusattorov dastlabki turda Yan Nepomnyashiyga qarshi qora donalarda harakatlansa, ertaga 17 fevral kuni o‘tadigan 2-turda oq donalarda Andrey Yesipenko bilan, 18 fevral kungi 3-turda Livon Aronyan bilan kuch sinashadi.

“WR Chess Masters” turniri 26 fevralga qadar davom etadi.

 

T.Ro‘ziyev,

O‘zA