Turk ommaviy axborot vositalarining xabar berishicha, O‘zbekiston Turkiyaning zilziladan jabr ko‘rgan hududlariga hozirgacha 170 tonna insonparvarlik yuki jo‘natgan.

Ma’lum qilinishicha, 45 tonna dori-darmon va tibbiy buyum, 8 tonna oziq-ovqat, 90 tonna kiyim-kechak, poyabzal, ko‘rpa-to‘shak, gigiyena vositalari, 130 generatordan iborat ashyolar, shuningdek 700 dona elektr isitgich va boshqa zarur buyumlar 6 ta yuk samolyoti va 7 ta yuk mashinasida Turkiyaning turli mintaqalariga yetkazildi.

Istanbuldagi O‘zbekiston madaniyat, tadqiqot va birdamlik uyushmasi ko‘ngillilari va yurtimizdan borgan 100 kishilik qidiruv-qutqaruv guruhi ofat zonasida ishlamoqda. Dala shifoxonalarida 71 nafar shifokorimiz jabrlanganlarni davolamoqda.

 

O‘zA