Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qosim-Jomart Toqayev mehnat nizosi va kelishmovchilikni hal etish tartibini soddalashtiruvchi qonunni imzoladi, deb xabar berdi Aqorda matbuot xizmati.
– Davlat rahbari “Qozog‘iston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga mehnat nizosi va kelishmovchilikni hal qilish tartibini soddalashtirish masalasi bo‘yicha o‘zgarish va qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida”gi qonunini imzoladi, – deya izoh berilgan “Kazinform” xabarida.
Shuningdek, mamlakat yetakchisi “Qozog‘iston Respublikasi va Fransiya Respublikasi o‘rtasida jinoiy ishlar bo‘yicha o‘zaro huquqiy yordam to‘g‘risidagi shartnomani ratifikatsiya qilish to‘g‘risida”gi hujjatga imzo chekkani ma’lum qilindi.
Toqayevning “Qozog‘iston Respublikasi va O‘zbekiston Respublikasi o‘rtasida ozodlikdan mahrum qilish jazosiga hukm qilingan shaxslarni jazoni o‘tash uchun ekstraditsiya qilish to‘g‘risida”gi Bitimni ratifikatsiya qilish to‘g‘risida”gi qarori ham kuchga kirdi.
O‘zA