O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutiga Ozarbayjon Respublikasining bir qator davlat tashkilotlari mutasaddilari, xususan, «Islohotchi yoshlar» ijtimoiy harakati hay’at a’zosi Ferid Shahbozli, bir qator internet nashr va portallar, media sohasining mutaxassislari tashrif buyurdi.
Tashrif davomida delegatsiya a’zolari O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida faoliyat olib borayotgan Ozarbayjon madaniyat markazini, institut kinopaviloni, o‘quv-studiyasi va talabalarga yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdi. Mazkur institutda talabalarning bilim olishi uchun yaratilgan sharoitlar delegatsiya a’zolarida katta taassurot qoldirdi.
Ozarbayjonlik mehmonlar O‘zbekiston xalq artisti Erkin Komilovning dars mashg‘ulotlarida qatnashdi.
Qolaversa, ikki tomonlama samarali ilmiy-tadqiqot aloqalari va talaba almashinuvini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha ham turli kelishuvlarga erishildi.
O‘zA