O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi mamlakatimizda jurnalist ayollarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, ijodiy salohiyatini namoyon qilishiga ko‘maklashish, erishgan yutuqlarini e’tirof etish va ularni rag‘batlantirish maqsadida 8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni arafasida “Atirgul” tanlovi o‘tkazilishini e’lon qiladi.
Tanlovda jurnalistlar va axborot xizmati xodimalari 2022 yilning 1 martidan 2023 yilning 20 fevraligacha ommaviy axborot vositalarida e’lon qilingan (televideniye, radio orqali efirga uzatilgan, bosma va internet nashrlarida chop etilgan kamida 5 ta, ko‘pi bilan 7 ta) materiallari bilan ishtirok etishlari mumkin.
Tanlovga tanlov Nizomi bo‘yicha taqdim etiladigan materiallar elektron varianti (yoxud havolasi) O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasining rasmiy pochtasi (info@jurnalistlar.uz) yoki ijodiy ishlarni qabul qilib olishga mas’ul Uyushma xodimi Gulzaynab Zulhaydarovaning (33) 855-10-13 telefon raqamiga ochilgan shaxsiy telegramiga yuborilishi so‘raladi.
Tanlov quyidagi o‘n yo‘nalish bo‘yicha o‘tkaziladi:
1. “Insonga e’tibor mavzusi yoritilgan eng yaxshi material uchun”
2. “Sifatli ta’lim ahamiyatini ochib bergan eng yaxshi material uchun
3. “Ma’naviy sohada amalga oshirilayotgan islohotlarni keng yoritgani uchun”
4. “Oila mavzusi yoritilgan eng yaxshi material uchun”
5. “Ekologik muammolar yoritilganengyaxshi material uchun”
6. Harbiy-vatanparvarlik mavzusi eng yaxshi yoritilgan material uchun
7. “OAV bilan faol va tezkor ishlagani uchun”
8. “Sog‘lom turmush tarzini keng yoritgani uchun”
9. “Bolalar va o‘smirlar mavzusi yoritilgan eng yaxshi materiallar uchun”
10. “Jurnalistika rivojiga munosib hissa qo‘shgan ayol”
(Tanlov tashkiliy qo‘mita va hakamlar hay’ati a’zolari taklifi bilan ushbu nominatsiyalar nomi o‘zgarishi mumkin).
O‘zA