Yakshanba kuni NATO saytlari xakerlik hujumlariga uchradi, deb xabar tarqatdi Germaniyaning dpa agentligi alyans matbuot kotibiga tayanib.

“NATO yakshanba kuni xakerlik hujumiga nishon bo‘ldi”, – deyiladi xabarda.  

Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, alyansdagilar bir yo‘la bir nechta saytlar hujumga uchraganini ma’lum qilishgan. NATO vakilining ta’kidlashicha, alyans kiber ekspertlari hozirda ushbu hodisa bilan faol shug‘ullanishmoqda.

Xabarda keltirilishicha, ijtimoiy tarmoqlarda go‘yo “rossiyaparast faollar”   NATOning maxsus amaliyotlari (NSHQ)  shtabi saytiga hujum qilgani haqida xabarlar paydo bo‘lgan. Xususan, hujum ortida “Rossiyaning Killnet  xakerlar guruhi” turgani haqida aytilmoqda. Mazkur ayblovlarga dalillar keltirilmagan, deyiladi xabarda.