FOTOREPORTAJ

Avval xabar berganimizdek, poytaxtimizda ikki kun davomida havaskorlar o‘rtasida snuker (bilyard sport turi) bo‘yicha turnir bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston bilyard sporti federatsiyasi tomonidan tashkil etilgan mazkur turnirda 40 nafardan ortiq bilyard ishqibozlari o‘z imkoniyatini sinovdan o‘tkazdi. Qizg‘in va murosasiz kurashlarga boy bo‘lgan bellashuvlar natijasiga ko‘ra, qirg‘izistonlik sportchi Xolisxon Sog‘inaliyev bosh sovringa ega bo‘ldi. 2-o‘rin Oybek A’zamxo‘jayevga nasib etdi. Ikkita 3-o‘ringa Safoydin Sodirov va Sardor Mirzajonovlar ega chiqdi.

Havaskorlar o‘rtasida o‘tkazilgan turnirning g‘olib va sovrindorlari tashkilotchilar tomonidan ta’sis etilgan kubok, faxriy yorliq hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

 

Muhammad AMIN(surat),O‘zA