FOTOREPORTAJ
Termiz shahridagi Matbuot uyida “Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish borasida amalga oshirilgan ishlar” mavzuida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Unda viloyatda faoliyat olib borayotgan jurnalist va blogerlar ishtirok etdi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 14 fevralda imzolangan “Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida”gi qarori ijrosi yuzasidan Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati boshqarmasi va viloyat Davlat aktivlarini boshqarish boshqarmasi tomonidan qator ishlar amalga oshirilmoqda.
Anjumanda ta’kidlanganidek, jismoniy va yuridik shaxslarda doimiy foydalanishda (egalikda) bo‘lgan xususiylashtirilayotgan yer uchastkasini sotib olish qiymati barcha hududlar bo‘yicha yer solig‘ining bazaviy soliq stavkasi 20 baravari miqdorida belgilangan endi, yangi tartibga muvofiq esa Toshkent, Nukus shaharlari va viloyat markazlarida yer solig‘ining bazaviy soliq stavkasi 10 baravarga, boshqa hududlarda 5 baravari miqdoriga kamaytirildi.
2022 yil hamda joriy yilning o‘tgan davrida jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan 3178 ta ariza kelib tushgan. Shundan 70 tasi 1,36 milliard so‘mga xususiylashtirilib davlat orderlari berilgan, 1,44 milliard so‘mlik 170 tasi to‘lov shaklangan invoys, 203 tasi tuman, shahar qurilish va kadastr bo‘limlari tomonidan ko‘rib chiqish jarayonida.
Tadbirda Davlat kadastrlari palatasi viloyat boshqarmasi tomonidan hisobot davrida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan jurnalistlarga batafsil ma’lumot berildi.
Jonibek QO‘ZIMURODOV(surat),O‘zA