Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2022–2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasini “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi to‘g‘risida”gi farmoni loyihasida aytilmoqda.
2023/2024 o‘quv yilidan boshlab respublikaning barcha viloyatlari va Toshkent shahrida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini bepul ovqat bilan ta’minlash yo‘lga qo‘yiladi. Natijada, joriy yilda bepul ovqat berish tizimi bilan 2,5 million nafar o‘quvchini qamrab olish va ushbu maqsadlarga 2,7 trillion so‘mga yaqin mablag‘ ajratiladi.
Ma’lumot uchun, 2022 yilda Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida ushbu tizim bilan 273 ming nafar o‘quvchi qamrab olindi.
O‘zA